Shunchaki yashash uchun pul to’lanadigan shaharlar (fotojamlanma)

Shunchaki yashash uchun pul to’lanadigan shaharlar (fotojamlanma)

08/02/2018 Выкл. Автор Ravshan Burxonov

Biz ko’chishni haqiqiy stress kabi qabul qilishga o’rganib qolganmiz — shu yerda ham yomon bo’lmasa, boshqa yerga ko’chishning nima hojati bor deb o’ylaymiz. Biroq o’zingiz o’ylab ko’ring, qimmatli hayotingizni faqatgina «yomon bo’lmagan» sharoitga sarflashga tayyormisiz? Oldingizda butun dunyo ochiq turgan bir vaqtda, boz ustiga, ba`zi mamlakatlar sizning sayohat qilishga qaror qilganingiz uchun ham pul to’lashga tayyor tursa…

Alyaska (AQSh)

Foto: Alyaska (AQSh)

Bu yerda o’zingizni Jyek Londonning romani qahramonlaridan biridek his qilishingiz mumkin. Oltin izlang, baliqchilik bilan shug’ullaning, o’z biznesingizni yo’lga qo’ying va …shu tariqa vaqtichog’lik qilganingiz uchun hukumatdan 2 ming dollar olishni unutmang!

Utrext (Niderlandiya)

Foto: Utrext (Niderlandiya)

Shartsiz daromad dasturi o’tgan yildan beri Niderlandiya hududida amalda. Faqat hozircha bitta shaharda: Utrext aholisiga har oyda 1000 yevro to’lanadi.

Detroyt (AQSh)

Foto: Detroyt (AQSh)

Detroyt qachonlardir mamlakatning eng yirik markazlaridan biri hisoblangan. Hozir shahar ancha ayanchli ahvolda, jinoyatchilik ko’rsatkichlari sabab bu yerda yashash xavfli hisoblanadi. Biroq Amerika Detroytni «qaroqchi»larga berib qo’ymoqchi emas: Live Downtown tiklanish dasturi shahardan uy sotib oluvchilarga 20 ming dollarlik foizsiz kredit berishni ko’zda tutadi.

Misima (Yaponiya)

Foto: Misima (Yaponiya)

Misima aholisi biryo’la uch kichik orolni egallagan — 400 kishi uchun bu katta hudud ekani aniq. Provintsiya munitsipaliteti bu yerga ko’chib kelganlarga ilk uch yilning har oyida ming dollardan to’lashga qaror qildi.

Nyu-Xeyven (Konnektikut)

Foto: Nyu-Xeyven (Konnektikut)

Nyu-Xeyvenda uy sotib olish yo’li oddiy: davlat dasturi bu yerga ko’chib kelgan oilaga 10 ming dollar beminnat kredit beradi va agar oila atigi 5 yil shu yerda yashay olsa, kredit o’z-o’zidan qoplangan hisoblanadi. Uy to’g’ridan-to’g’ri shaxsiy mulkingizga aylanadi.

Matsayker oroli (Tasmaniya)

Foto: Matsayker oroli (Tasmaniya)

Bolaligida mayoq nazoratchisi bo’lishni orzu qilgan har bir inson bemalol shu yerga ko’chib o’tishi mumkin. Tasmaniya qirg’oqlaridagi kichik orolga ko’chib kelganlarga mamlakat hukumati nafaqat bepul uy, balki doimiy ish bilan ham ta`minlashni va`da beradi.

Ponga (Ispaniya)

Foto: Ponga (Ispaniya)

Asturiya qirolligida Ispaniyaning eng qadimiy qishloqlaridan biri joylashgan bo’lib, u yerdagi aholi soni mamlakat hukumatini jiddiy tashvishga soladi. Ispanlar mintaqa madaniyatini qayta tiklash uchun bu yerga ko’chib kelgan har bir yosh juftlikka 3 ming yevrodan to’lashga qaror qilishgan.

Manba: Kun.Uz

(Visited 57 times, 1 visits today)