Qahramon buvi: u nabirasini maktabga olib borish uchun har kuni 24 kilometr yo’l bosadi

Qahramon buvi: u nabirasini maktabga olib borish uchun har kuni 24 kilometr yo’l bosadi

08/02/2018 Выкл. Автор Ravshan Burxonov

Xitoyning Guansi provinsiyasida yashovchi 76 yoshli Shi Yuying to’qqiz yashar nabirasi maktabga borib kelishi uchun har kuni 24 kilometrli masofani bosib o’tadi. Bolakay mustaqil ravishda o’zi harakat qila olmaydi.

Foto: China news

Bolaning ismi Xaoven. Miyasining yarim shari ishlamaydi, shol bo’lib qolganligi sababli doimiy g’amxo’rlikka muhtoj. Nabirasining yagona vasiysi, qahramon buvisi shunday deydi: «Menda kuch borakan, uni doim oldinga harakatlantiraveraman». Bolaning ota-onasi u to’rt yoshligida ajrashib ketishgan. Hozir uning otasi boshqa shaharda ishlaydi, onasi esa boshqa erkakka turmushga chiqib ketgan. Xaovenga faqat buvisi mehribonlik qiladi.

Foto: China news

Boshida buvi nabirasini maktabga velosipedda olib borardi. 2017 yilning iyul oyida mahalliy hokimiyat bolaga nogironlar aravachasini sovg’a qilgach, o’shanda boradigan bo’ldi. Shi Yuyingning aytishicha, shifokorlar nabirasi ikki yoshga yetganida unga shunday tashxis qo’yishgan. Ota-onasi uni davolatishga harakat qilishgan, ammo bu yaxshi natija bermagan, qaytanga qarzga botib qolishgan.

Shi Yuying nabirasini maktabga ikki mahal olib boradi — ertalab va kunduzi. Va aynan ikki mahal yana uyga qaytarib olib keladi. U har kuni tog’ tizmasi bo’ylab 24 kilometr masofani bosib o’tadi. Buvining aytishicha, u bu ishni majburligidan emas, balki o’zi istab bajaradi. Shi Yuying nabirasi muvaffaqiyatga erishishiga chin yurakdan ishonadi. Uning aytishicha, bola matematika fanidan juda qobiliyatli.

Foto: China news

Manba: Kun.UZ

(Visited 29 times, 1 visits today)