Bermud uchburchagidan-da qo’rqinchli: Yer yuzidagi sirli maskanlar

Bermud uchburchagidan-da qo’rqinchli: Yer yuzidagi sirli maskanlar

08/02/2018 Выкл. Автор Ravshan Burxonov

Ko’p kemalar va odamlar g’oyib bo’lgan Bermud uchburchagi hozirga kelib dunyodagi eng sirli va xavfli joyi hisoblanmay qo’ygan. Ma`lum bo’lishicha, yer yuzida undan-da jiddiy xavf soluvchi hududlar talaygina. Bu yerlarda ham yirik ob`yektlar g’oyib bo’ladi, g’alati hodisalar kuzatiladi va tushunarsiz elektromagnit to’lqinlar qayd etiladi. Biroq asosiysi bu emas, asosiysi — ilm-fan va yuqori texnologiyalarning bugungi kundagi rivojiga qaramay, bu maskanlardagi jumboqlarni yechishning uddasidan chiqilmaganida. Don’tPanic shu haqidagi ma`lumotlari bilan bo’lishdi.

Surtsey oroli

Geologik kuzatuvlarga ko’ra, orollar minglab yillar davomida shakllanadi. Biroq bu aslida orol emas. 1963 yilgacha Surtseydan darak ham bo’lmagan, biroq vulqon faolligi kuzatilgandan bir necha kun o’tib paydo bo’lgan va qisqa muddatlarda fantastik tezlikda kengaygan. 4 yildan so’ng vulqon faolligi to’xtab, olimlar ko’rinishidan mutlaqo oddiy «quruqlik bo’lagi»ni ko’rishga muvaffaq bo’lishgan. Asosiy jumboq bu orol qanday va nimadan paydo bo’lganida.

Qonli sharshara

Agar bir tog’ga teng odamlarni terib qo’yib, kuniga yuzlab odamlar qatl qilinsa, qonli sharshara hosil bo’lishi mumkin. Biroq xuddi shunday tasavvur uyg’otuvchi, Antarktidadan topilgan sharshara boshqa yo’l bilan yuzaga kelgan. Ushbu materikda faqat olimlar va pingvinlar yashar ekan, qonli sharsharalarning kelib chiqishini aniqlash qiyin bo’lmadi. Manba tubida temirga boy ko’l aniqlangan. Undagi suv 400 metr chuqurlikda yashagan va 2 million yil davomida temir hamda oltingugurt bilan oziqlangan sirli mikroorganizmlardan rang olgan.

San-Luis vodiysi

Tasavvur qilib ko’ring-a, qo’shningiz uyi yonida NUJdan himoyalanish uchun xavfsizlik minorasini qurdirgan. Yer yuzining birgina joyida bunday qo’shni aqldan ozgan hisoblanmaydi, chunki u yerda NUJ dastidan tinchlik yo’q. Bu Koloradodagi San-Luis vodiysidir. 16 yilda xavfsizlik minorasi yordamida 50 tacha noma`lum uchar jism aniqlangan. Bu joydagi yana bir tushunarsiz holat – jonivorlarning vahshiylarcha o’ldirilgan jasadlari ko’pligida.

Aokigaxara

Fudzi tog’i etagidagi bu joyning boshqacha nomi – o’z joniga qasd qiluvchilar o’rmoni. 10 yilcha avval u yerdan bir yil davomida 105 kishining jasadi topilgan. Bu jumboq hanuz o’z yechimini topgani yo’q. Bir tomondan, barchasiga Kuroi Jukai kitobini aybdor qilish mumkin, unda bu o’rmon hayotdan ko’z yumish uchun mukammal joy sifatida ta`riflanadi. Boshqa tomondan esa, bu kitobda real hayotda sodir bo’lgan fojia tasvirlangan.

Reystrek-Playya

Bu maskanning ikkinchi nomi — Ajal vodiysi. Ortidan qator oyoq izlari aks etgan ko’plab toshlar shunday joylashganki, ular xuddi mustaqil harakatlanadigandek tasavvur uyg’otadi. Bu harakatlanuvchi toshlar 70 yil davomida yechilmagan jumboq bo’lgan va hatto hayotning o’zgacha shakli ham hisoblangan. Biroq keyinchalik bu toshlarning asosi vodiy yuzasini qoplovchi muzlarga borib taqalishi va kuchli shamolda ular harakatga kelishi haqidagi versiya ilgari surildi.

Overton ko’prigi

Dunyoning boshqa bir yerida bunday qo’rqinchli ko’prik bo’lmasa kerak. Nima uchundir ko’p itlar shu ko’prikdan sakrab, til tortmay o’ladi va bu bir-ikki tasodifiy holat emas, u yerda so’nggi 50 yilda 50 it jasadi topilgan. Shunisi qiziqki, itlar ko’prikning bir nuqtasidan sakrashni amalga oshiradi. Aytishlaricha, ko’prikdan sakrab omon qolgan itlar yana unga qaytib, pastga qarab sakrashgan, biroq buning qanchalik haqiqat ekani noma`lum.

Skelet ko’li

Bu ko’l Hindistonda Ikkinchi jahon urushi vaqtida kashf qilingan. Askarlar uning tubida 200 dan ziyod inson skeleti borligini ko’rishgan. Birinchi versiya g’oyib bo’lgan yapon askarlarining qabri bo’lgan, biroq tadqiqotlar bu skeletlarning u yerda eramizning 850-yillaridan buyon bo’lganini ko’rsatgan. Bundan tashqari, har bir skelet bosh suyagining yuqori qismida kichik teshikcha bo’lgan. Tabiiyki, ko’plar bu yerni qurbonlik keltiriladigan joy deya taxmin qilgan. Yana bir versiyaga ko’ra, bu — yirik do’ldan halok bo’lgan ziyoratchilar guruhi.

Iblis dengizi

Bu Bermud uchburchagining noma`lum «qarindoshi». Iblis dengizi ancha qiziqroq bo’lsa-da, u haqida deyarli hech kim bilmaydi. U Yaponiyaning janubiy qirg’oqlari va Guam o’rtasida joylashgan. Bu yerda ko’p kemalar cho’kib ketgan va faqat shugina emas. Iblis daryosi shuningdek doim harbiy samolyotlar qurilmalarini urib tushiradi. Bu yerda NUJlar ham, suv va osmonda sirli olovlar ham qayd etiladi. Mintaqalarning eng ko’zga ko’ringan olimlari ham bu voqealarga izoh topa olishmagan. Yaponiya hukumati bu suvga tushishni tavsiya qilmaydi.

Manba: Kun.UZ

(Visited 231 times, 1 visits today)
Statok.net