Ahmad Zulqarnayndan 3 hayotiy saboq

Ahmad Zulqarnayndan 3 hayotiy saboq

08/02/2018 Выкл. Автор Ravshan Burxonov
Foto: natkhatdainik.com

Uning qo’l va oyoqlari yo’q. Birinchi kamerasini kreditga olgan. Biroq bularning bari uning talabgor fotorassom  bo’lishiga to’sqinlik qila olmadi.

Ahmad Zulqarnayn — professional suratkash, Bang Dzoel fotostudiyasi egasi, suratkashlik kurslari o’qituvchisi.

1-saboq: Har qanday shart-sharoitlardan yuqori tur

Ahmad 1992 yil Indoneziyadagi shaharchalardan birida jiddiy genetik kasallik bilan dunyoga kelgan. Bolaning oyoqlari bo’lmagan, qo’llar o’rniga esa — ikki kichik soha…

Shafqatsiz sinov… Bunday holatda ko’pchilik yorug’ kelajak haqida hatto o’ylamay, o’ziga achinishi, spirtli ichimliklar iste`mol qilishi yoki giyohvand moddalarga ruju` qo’yishi mumkin edi.

Ahmad shart-sharoitlardan yuqori turdi. U mustaqil ravishda suratkashlik san`atini o’zlashtirdi, shaxsiy ishini ochdi va kollejga o’qishga kirdi.

«Odamlar suratlarimga qarab, menga nima bo’lgani haqida o’ylashini istamayman. Ular meni faqat rassom sifatida qabul qilishini xohlayman».

Ahmad Zulqarnayn

2-saboq: Kamchiliklarni o’zingizga xos bo’lgan xususiyatlarga aylantiring

Notanish kimsalar Ahmadni professional kamera bilan ko’rishganida tushunmay qolishadi. U qanday qilib sozlamalarni to’g’irlab, qanday suratga oladi, axir?!

Ahmadga ishida yonoqlari, dahani, og’zi va rivojlanmagan qo’llari yordam beradi. U yashashga, ishlashga moslashdi!

Dastlab odamlar u suratga olganida biroz xavfsirashardi, ko’proq u buni qanday uddalayotganiga doir qiziqish ustun kelardi. Endi uning yoniga ko’p odam keladi, chunki u o’z sohasida taniqli. Odamlar Ahmadning ishlarini yaxshi ko’rishadi, unin jismoniy kamchiligi esa ularning qiziqishini yanada orttiradi. Bunday fotorassom ob`yektiviga tushish — omad.

O’z ishingizda eng yaxshisi bo’lishingiz uchun sog’lig’ingiz to’kis bo’lishi shart emas.

Ahmad ko’p portretlarni oladi, shu bilan birga, manzarali va reportajli s`yomkalarni ham yaxshi ko’radi.

U tabiatga chiqish uchun yaqinlari yordamida kichik bayk yasadi. Buni ham uddaladi, shunga moslashdi!

3-saboq: Minnatdor bo’l va ezgulikka ishon

Hayotga ijobiy yondashuv unga shunga muvofiq o’zgarishlarni jalb qiladi. Ahmadning ishlarida ezgulik ruhi seziladi, uning o’zi esa juda kamtar va sertabassum yigit. Uning Instagram sahifasida shunga guvoh bo’lish mumkin.

Muvaffaqiyatning yana bir ko’p holatlarda unutilib qo’yiladigan jihati — minnatdorlik hissi. Ahmad hayotda erishgan yutuqlari uchun yaqinlari oldida qarzdor ekanini ta`kidlaydi va doim ulardan minnatdor bo’ladi.

Manba: Kun.UZ

(Visited 144 times, 1 visits today)