4500 kg sof oltin saqlanadigan joy haqida

Hech kimga sir emaski, har bir mamlakatning moliya vazirligi yoki markaziy bank tasarrufidagi oltin zaxirasi bor. Ushbu zaxiralar bilan milliy valyutani asoslab kelishadi. Ammo bu boylik qayerda saqlanadi?

Turli mamlakatlarda oltinni saqlash uchun har xil maxfiy joylar mavjud, ular butun hudud bo‘ylab turli shaharlarda joylashgan. Ammo AQShda oltin zaxirasining katta qismi bitta joyda — Kentukki shtatidagi Fort-Noks harbiy bazasida saqlanadi. Bu yerda AQShga tegishli 8133 tonna oltinning 4500 tonnasi saqlanadi.
Fort-Noks Buyuk depressiya davrida (1929—1932-yillar) paydo bo‘lgan. Mamlakatdagi iqtisodiy holat beqaror bo‘lib turgan paytda prezident F. Ruzvelt fuqarolarga oltin tangalar, sertifikatlar va yombilarga egalik qilishni taqiqlab qo‘ydi. Shu tufayli amerikaliklar o‘zlarining oltin jamg‘armalarini Federal zaxiraga deyarli suv tekin sotishga majbur qoldi. Ammo bu mamlakat uchun muvaffaqiyatli tadbir bo‘ldi: to‘rt yil ichida mamlakatning oltin zaxirasi uch marotaba o‘sdi.
AQShning asosiy ombori juda yaxshi qo‘riqlanishi shundoq ham tushunarli. Hatto, soqchilarning harakatlanayotgan obyektni mustaqil tarzda aniqlay oladigan superbaquvvat lazer quroli borligi haqida mish-mishlar yuradi. Shuningdek, baza atrofidagi hududga minalar o‘rnatilgani haqida ham gap-so‘zlar tarqalgan.
Ombordan ko‘p o‘n yilliklar davomida oltinni juda kam miqdorda olishgan, shunda ham uning sofligini tekshirib ko‘rish maqsadida.

Ilgarilari Fort-Noksda Mustaqillik deklaratsiyasi, AQSh Konstitutsiyasi, Konfederatsiya moddalari, Linkolnning manzili, Gutenberg Bibliyasining uchta tomini ham saqlashgan.
Fort-Noks eshigini ochadigan kod qismlarga bo‘lingan, ular turli odamlar tomonidan yod olingan, kodni to‘liq shaklda hech kim bilmaydi.

(Visited 445 times, 1 visits today)

You Might Also Like

One Reply to “4500 kg sof oltin saqlanadigan joy haqida”

Fikr bildirish