Mnemonika mexanizmlari yoki qanday qilib ma’lumotlarni oson yodlash haqida

Mnemonika mexanizmlari yoki qanday qilib ma’lumotlarni oson yodlash haqida

05/02/2017 2 Автор Admin

Mnemonika uslublari deb, bu o’rganuvchilar uchun katta hajmdagi informatsiyani oson yo’llar bilan eslab qolishning barcha usullariga aytiladi. Shuni ham aytib o’tish darkorki Gerald Miller tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdi : mnemonika mexanizmlarini ishlatgan studentlarning test natijalarida 77% ga o’sish kuzatilingan. Umuman, shaxsiy tajribadan aytishim mumkinki mnemonika usullari ko’p hollarda menga yordam bergan.

Kamalakni barcha ranglarini ketma-ket ayta olasizmi?
Ularga misollarni asosan ingliz tilidagi so’zlar orqali keltiraman. Masalan, eng mashxuri bu ROY.BIV ismli insonni eslab qolsangiz siz kamalakning barcha rangini ketma-ket eslab qolishingiz mumkin.Ya’ni R-red-qizil,O-orange-oranjeviy,Y-yellow-sariq,B-blue-ko’k, I-Indigo-havorang , V-violet-binafsha rang.
Bunday misollar internetda juda ko’plab uchratib olsa bo’ladi.

HOMES- bu Amerika qit’asidagi buyuk ko’llarning ro’yhati : Guron, Ontario, Michigan, Eyr va Yuqori. AQSHda geografiya darslarida ushbu ko’llarni osongina eslab qolish uchun Homes(ing. uy) mnemonika so’zi ishlatilinadi.

Darvoqe, men mnemonikani eslab qolishga yordam beradigan deb ta’kidladim ya’ni, qanday bo’lsa ham ushbu uslub bizga yordam beradi. Men yoshligimdan oylarning 31 ligini yoki 31 masligini bilish uchun qo’limning oldi qismidagi suyaklardan foydalanar edim, ya’ni tog’li qismlar 31, pastliklar esa 30 va bir marta oxiriga borilgandan keyin yana oxiridan boshiga to’g’ridan to’gri kelinsa oyning qancha kun bilan eslab qolishni bilib olish mumkin. Ushbu mnemonik uslub haligacha menga oylarning toq yoki juftligini eslatib turadi

Yaqindagina o’rgangan mnemonikam rus tillidan olinga bo’lib quyosh sistemasidagi sayyoralarni o’rni o’rnini eslab qolishda ancha yordam beradi “Моя великолепная знающая мать юным сердцам умела небо показать” bunda so’zlarnig bosh harflaridan esdan chiqmaydigan gap tuzilgan. Merkuriy,Venera, Zemlya- yani yer, Mars, yupiter, Uran va Pluton o’z navbatida.

Yoki bo’lmasam yoshligimda rus tili o’rganayotganimda o’qituvchimizning rus tilidagi kelishiklarni yodlab qolish uchun bergan mnemonikasini hali hanuzgacha eslab qolaman. Unda ushbu gapni takrorlagan edi o’qituvchimiz “Иван Родил Девчонку, Велел Тащить Пелёнку»” va o’z navbatida bular Именительный , Родительный , Дательный, Винительный, Творительный, Предложный lardur.

Mnemonikani ishlatish o’zingizning ham ijodkorligingizga bog’liqdur. ba’zida qaysidur fanni o’qishimizda o’qayotganimda , ayniqsa imtixonga oz qolganda katta ma’lumotni yodlashda o’zim qandaydir mnemonic mexanizmlar ishlab chiqaman , va ular odatda ko’p marotaba yordam bergan va beradi.

Agarda sizda ham shunday mnemonik mexanizmlar bo’lsa, biz bilan quyidagi kommentlarda bahamlashing!

manbaa:mnemonika.uz

(Visited 1 299 times, 16 visits today)